Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Lukashenko Putindan uzr so‘radi

Lukashenko Putindan uzr so‘radi

Sankt-Peterburgda o‘tayotgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlat rahbarlarining yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko  o‘rtasida gaz narxi masalasida tortishuv yuzaga kelgandi.

«Rossiya 24» telekanalida namoyish etilgan lavhada Lukashenko belaruslik iste’molchilar uchun har ming kubometr gaz narxi 130 dollardan tushayotgani, ularning shundoq biqinidagi Rossiya hududida esa bu miqdor 70 dollar atrofida ekanidan yozg‘irgandi. O‘z navbatida, Putin agar Rossiya Belarusga gazni bozor bahosida sotganida narxi 130 dollar emas, balki 200 dollar bo‘lishini pisanda qilib, yaxshisi, bu masalani yopiq shaklda muhokama qilish maqsadga muvofiqligini bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti xabar berdi.

Tadbir nihoyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Belarus rahbari «tortishuv»ga izoh berarkan, bevaqt bahs-munozaraga kirishib ketgani uchun Rossiya prezidentidan uzr so‘raganini bildirdi. Shuningdek, kelasi hafta Vladimir Putin bilan uchrashuv rejalashtirilganini, unda ayni masala muhokama etilajagini aytib, yangi yilni eski muammolar bilan qarshi olishda xayr yo‘qligini alohida urg‘uladi.

Xabar.uz

Kiritildi: 13:13 07.12.2018. O'qildi: 2013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!