Belarus prezidenti bu urushda g‘olib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arb siyosati dunyoni unda g‘olib bo‘lmaydigan katta urush yoqasiga yaqinlashtirayotganini ma’lum qildi.
“Afsuski, G‘arbning bunaqa siyosati dunyoni unda g‘olib bo‘lmaydigan katta urush yoqasiga yaqinlashtirmoqda”, - dedi Lukashenko harbiy OTM bitiruvchilari oldida nuqt so‘zlayotib.
Belarus rahbari G‘arb mamlakatlari ochiqchasiga AQSh boshchiligida global xavfsizlik tizimini barbod qilayotganliklaridan xavotir bildirgan.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Amerika gegemoniyasi manfaati yo‘lida qo‘shinlar guruhi tuzilmoqda, ma’qul bo‘lmagan mamlakat atrofidagi neonasist mafkurasi va oshkora fashist rejimlari qo‘llab-quvvatlanmoqda.