Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Lukashenko dushmanlariga murojaat qildi: "Men hali tirikman"

Lukashenko dushmanlariga murojaat qildi: "Men hali tirikman"

Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenko OAVdagi provokasion xabarlarga qaramay, tirikligini va mamlakatni tark etmaganini aytdi, deya xabar beradi BelTa axborot agentligi. Davlat rahbari qurilish sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda nutq so‘zladi.

"Men hali ham tirikman va chet elda emasman, dushmanlarimiz esa Prezident mamlakatni tark etdi va chet elda, deya jar solmoqda", – dedi Lukashenko.

Qurilish sohasi vakillari bilan uchrashuvda Prezident Belarus fabrikalarida ishchilar xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari mavzusiga ham to‘xtaldi. Lukashenko ish tashlashlar va "mehnat jamoalarini larzaga solish" korxonalarning keyingi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:09 14.08.2020. O'qildi: 3912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!