Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko Belarusni tark etdi

Lukashenko Belarusni tark etdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiyaga amaliy tashrif bilan uchib ketdi va Prezident Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu Belarus rahbarining 9 avgustda respublikada prezident saylovlaridan keyin boshlangan norozilik namoyishlari boshlanishidan buyon birinchi xorijiy safari. 

"Mamlakatlar rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollarini, ittifoq munosabatlari mavzusini, xalqaro muammolar va mintaqadagi vaziyatni, paydo bo‘layotgan muammolarga birgalikda javob berish masalalarini muhokama qiladilar", — dedi Lukashenkoning matbuot xizmati. Belarus Prezidenti Putin bilan Sochida uchrashadi, muzokaralar yakkama-yakka shaklda o‘tkaziladi.

Avvalroq Rossiya Federasiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muloqot dolzarb ekanligini ta’kidlagandi. 

Kiritildi: 11:42 14.09.2020. O'qildi: 10705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!