Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Lukashenko Afg‘oniston bozori masalasida O‘zbekistondan yordam so‘radi

Lukashenko Afg‘oniston bozori masalasida O‘zbekistondan yordam so‘radi

O‘zbekiston va Belarus birgalikda Afg‘oniston bozoriga kirib borishi mumkin. Bu haqda Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan muzokarada aytib o‘tgan.
 
“Biz o‘zbek do‘stlarimiz Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishga yordam berishlarini xohlaymiz. Ammo u yerga yolg‘iz bormoqchi emasmiz, bizning mahsulotlar va siz bilan birgalikda borishni istaymiz. Shuning uchun, O‘zbekistonda murakkab mashinasozlik mahsulotlarini tayyorlab, birgalikda boraylik va afg‘onlarga yordam beraylik. Ular buni qadrlaydi, ularga barchasi kerak”, degan Aleksandr Lukashenko.
 
Belarus rahbari afg‘on bozori supertexnikalar yoki o‘ta zamonaviy traktorlarga ehtiyoj sezmasligini, ularga sodda texnika kerakligini payqagan.
 
“Biz bugun O‘zbekistonda shunday texnika yig‘ishga tayyormiz, ertaga buni Tojikistonda ham amalga oshiramiz”, deb qo‘shimcha qilgan Aleksandr Lukashenko.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 20:23 13.09.2018. O'qildi: 1391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!