Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Luis Suares o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamni qutqarishda qatnashdi

A A A
Luis Suares o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamni qutqarishda qatnashdi

Luis Suares o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni qutqarishda ishtirok etdi.

«Inter Mayami»ning urugvaylik hujumchisi ta’til vaqtida favqulodda vaziyatga guvoh bo‘ldi.

Syudad de la Kosta shahrida 49 yoshli erkak 6 metrlik daraxtga chiqib, sevgilisini ko‘rishga ruxsat berishni talab qildi. Erkak tunda polisiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z niyatini bildirgan. So‘ng qo‘l telefonidan qutulib, daraxtga chiqib ketgan. Uning ovqati ham, suvi ham yo‘q bo‘lgan, faqat bir necha quti sigaretasi bor edi.

El Observadorʼning yozishicha, erkak o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilgan. Bo‘yniga arqon bog‘lagan.

Voqeadan xabar topgan Luis Suares yaqinlashib, erkakni fikridan qaytarishga harakat qilgan. Voqea joyida shoshilinch ijtimoiy yordam guruhi, prokuratura, Respublika gvardiyasi vakillari va prefektura xodimlari ishlagan.

18 soat o‘tgach, erkak pastga tushishga rozi bo‘lgan. Keyin u psixiatrik tekshiruvga yuborilgan.

Kiritildi: 11:24 06.01.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!