Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Los-Anjelesdagi namoyishlar chog‘ida ikki polisiyachi yaralandi

Los-Anjelesdagi namoyishlar chog‘ida ikki polisiyachi yaralandi

Yakshanba kuni Los-Anjelesda (Kaliforniya, AQSh) noqonuniy muhojirlarning ommaviy hibsga olinishiga qarshi namoyishlar chog‘ida ikki polisiyachi yaralandi.

Bu haqda mahalliy polisiya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, motosiklda ikki kishi kordonni yorib o‘tishga uringan, natijada huquq-tartibot idoralarining ikki xodimi jarohatlangan. "Ikkala haydovchi qo‘lga olindi. Polisiya xodimlariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", — deyiladi xabarda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Los-Anjelesdagi asosiy magistralni transport harakati uchun bo‘shatishga harakat qilmoqda, uning bir qismi namoyishchilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar polisiyachilar bilan to‘qnashib, ularga shisha va tosh otmoqda. To‘polonchilar kamida beshta mashinaga o‘t qo‘ygan.

Kiritildi: 08:45 09.06.2025. O'qildi: 598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!