23 yanvar, payshanba kuni Amerika kino akademiyasi 97-Oskar mukofoti uchun nomzodlarni e’lon qildi, deb xabar beradi BBC.
“Eng yaxshi film” nominasiyasida “Oskar”ga da’vogar filmlar: Shon Beykerning “Anora”, Bredi Korbetning «Brutalist», Jak Odiardning “Emiliya Peres”, Edvard Bergerning “Konklav”, Jeyms Mengoldning “Noma’lum”, Deni Vilnevning «Dyuna: Ikkinchi qism», Valter Sallesning “Men hali ham shu yerdaman”, Korali Farjning «Substansiya», Jon Chuning “Yovuzlik: G‘arb jodugari haqida ertak”; RaMell Rossning "Nikeldan kelgan bolalar" filmi.
Shon Beyker, Bredi Korbet, Korali Farja, Jak Odiar, Jeyms Mengold “eng yaxshi rejissyor” nomzodida “Oskar” uchun kurashadi.
“Eng yaxshi ayol roli” nomzodida “Oskar” mukofoti uchun kurashadiganlar: Demi Mur («Substansiya»), Mayki Medison («Anora»), Karla Sofiya Gaskon («Emiliya Peres»), Sintiya Erivo (“Yovuzlik: G‘arb jodugari haqida ertak”), Fernanda Torres (“Men hali ham shu yerdaman”)
“Eng yaxshi aktyor” nominasiyasida mukofotga da’vogarlar: Edriyen Broudi («Brutalist»), Reyf Fayns («Konklav»), Timoti Shalame (“Noma’lum”), Kolman Domingo («Sing-Sing»), Sebastyan Sten («Shogird: Donald Trampning yuksalishi»).
“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominasiyasida: Ariana Grande (“Yovuzlik: G‘arb jodugari haqida ertak”), Izabella Rossellini («Konklav»), Zoi Saldana («Emiliya Peres»), Felisiti Jons («Brutalist»), Monika Barbaro (“Noma’lum”).
“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” nominasiyasiga da’vogarlar: Kiran Kalkin (“Haqiqiy og‘riq”), Yura Borisov («Anora»), Edvard Norton (“Noma’lum”), Gay Pirs («Brutalist»), Jeremi Strong («Shogird: Donald Trampning yuksalishi»).
"Eng yaxshi animasion film" uchun Oskarga nomzodlar: Latviyaning "Oqim" (Flow) multfilmi, "Yovvoyi robot" (The Wild Robot), «Boshqotirma» (Inside Out 2) multfilmining ikkinchi qismi, «Uolles va Gromit: Qushlarning qasosi» (Wallace & Gromit: Vengeance Most Fowl), «Salyangozlar xotirasi» (Memoir of a Snail).
Nomzodlar o‘tgan hafta e’lon qilinishi kerak edi, biroq e’lon Los-Anjelesdagi yong‘inlar tufayli kechiktirildi.
“Oskar” topshirish marosimi 2 mart kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Uni amerikalik komediyachi Konan O'Brayen olib boradi.