Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Londondagi Trafalgar maydonida she’r o‘qiyotgan qizil sher paydo bo‘ldi

Londondagi Trafalgar maydonida she’r o‘qiyotgan qizil sher paydo bo‘ldi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy festival doirasida Trafalgar maydonida she’r o‘qiyotgan olovrang sher paydo bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Yangi sher mashhur Nelson ustuni yonida joylashgan. Uning kattaligi shu joyda 150 yildan buyon turgan to‘rtta bronza sherning kattaligiga teng.

Sher o‘tkinchilar tomonidan tanlangan so‘zga mos keluvchi XIX asrda yaratilgan she’rlardan o‘qiydi.

Qorong‘u tushishi bilan she’rlarning so‘zlari ustunda aks ettiriladi, kunduzi faqat sherning panjalaridagi ekranda ko‘rinadi va uning yonida o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichda jaranglaydi.Interaktiv haykal britaniyalik rassom va dizayner Esmeralda Devlin tomonidan yaratilgan. U o‘zining Viktoriya va Alberta muzeylaridagi ishlari va 2012 yildagi London Olimpiadasining ochilish marosimidagi ishtiroki bilan tanilgan. Kompozisiya haykaltaroshlikni va Google Arts and Culture notijorat kompaniyasi tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt elementlarini o‘zida birlashtiradi. Haykal Trafalgar maydonida 23 sentyabrgacha turadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 08:08 20.09.2018. O'qildi: 1577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!