Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, Germaniya va Ukraina vakillarining Londondagi muzokaralari barbod bo‘lishiga Kiyevning Qrimni Rossiya deb tan olishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Nashr mualliflarining eslatishicha, tomonlar Londonda muhokama qilishi kerak bo‘lgan AQShning tinchlik rejasi Vashington tomonidan Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishni nazarda tutadi.
"Ammo Vladimir Zelenskiy seshanba kuni bu taklifni rad etdi," - deb yozadi jurnalistlar.