Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Londonda qirollik otlari mashg‘ulot vaqtida qochib ketdi

Londonda qirollik otlari mashg‘ulot vaqtida qochib ketdi

Londonda mashg‘ulot paytida qochib ketgan qirollik otlari ko‘chalarda vayronagarchilikni keltirib chiqardi. Natijada 5 kishi tan jarohati olgan va baxtsiz hodisada yaralangan 5 kishi shifoxonaga olib ketilgan.

Britaniya OAVlarining xabar berishicha, hodisa ertalab Bukingem saroyi yaqinidagi mashg‘ulot vaqtida sodir bo‘lgan.

Londonda Qirollik otliq polkiga tegishli 5 ta ot Belgravia hududidagi kundalik mashg‘ulotlar vaqtida chavandozlarini tashlab qochib ketgan. Ko‘chalarda tez yugurayotgan otlar vahima keltirib chiqargan.

Xabarlarga ko‘ra, otlardan biri Bukingem saroyi ko‘chasida mashinaga, boshqa ot esa sayyohlik avtobusiga kelib urilgan.

“Biroz vaqt o‘tgach, atrofdagilarning yordami bilan otlar ushlanib, veterinarga olib ketilgan”,– deyiladi xabarda.

Kiritildi: 06:02 25.04.2024. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!