Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

London muhojirlarni Bolqon mamlakatlariga yuborishni o‘rganmoqda

London muhojirlarni Bolqon mamlakatlariga yuborishni o‘rganmoqda

Britaniya rad etilgan boshpana izlovchilarni Bolqon davlatlariga deportasiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda The Times gazetasi mamlakat hukumatidagi manbalariga tayanib yozmoqda.

"Ko‘rib chiqilayotgan rejalarga ko‘ra, rad etilgan boshpana izlovchilar G‘arbiy Bolqon va boshqa uchinchi mamlakatlardagi migrasiya markazlariga yuborilishi mumkin", — deyiladi nashrda.

The Times manbalari Britaniya Albaniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, shuningdek, Shimoliy Makedoniya bilan muhojirlarni deportasiya qilish imkoniyatini muhokama qilmoqchi ekanini aytdi. Shu bilan birga, manbalarning aytishicha, avvalgi Britaniya hukumati noqonuniy muhojirlarni Afrika davlatiga deportasiya qilish rejasini faol ravishda ilgari surayotganiga qaramay, hukumat Ruandaga boshpana izlovchilarni yuborishni rad etmoqda.

Bundan tashqari, nashrning xabar berishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer uchinchi mamlakatlarda migrasiya markazlarini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan boshqa Yevropa davlatlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. The Times gazetasining yozishicha, London deportasiya qilingan har bir muhojir uchun mezbon davlatlarga tovon puli to‘lashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 14:46 23.03.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!