Qozog‘istonda ilk bor sport-barga halol sertifikati topshirildi, deya xabar bermoqda Muslim.kz.
Ushbu sertifikatni Kokshetau shahridagi London nomli sport-bar oldi. Endilikda bu yerda nafaqat spirtli ichimliklar iste’moli, balki qimor o‘yinlarini o‘ynash ham mumkin emas.
Bundan buyon London da qozoq milliy qadriyatlariga alohida e’tibor qaratiladi, xususan, aytishuvlar, qozoq she’riyati va termalari kechalari tashkil etiladi.
Shundan qilib, sport-barning faoliyati tubdan o‘zgardi. Muassasa egasi Ualixan Gabdullin bu o‘zgarishni Allohning roziligiga erishish uchun qilganini aytdi.
Manba: azon.uz