Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yashagan davridagi qiyinchiliklar haqida: «Faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his etardim»

Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yashagan davridagi qiyinchiliklar haqida: «Faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his etardim»

Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida «Kelin ham odam!?» sarlavhali post qoldirdi. Ushbu postda xonanda ilk marta sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kechgan hayotining qiyin davrlari haqida so‘zlab berdi.

Biz sobiq turmush o‘rtog‘im bilan tanishganimizda 18 yoshda edim. U meni turmushga chiqishga ko‘ndirish uchun bir yil «mehnat qildi», bizning to‘yimizga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan ota-onamni ko‘ndirish uchun esa yana bir yil sarfladi. U hammamizni ko‘ndirish uchun barcha mahoratini ishga soldi. Shu tarzda oradan 2 yil o‘tib biz unga taslim bo‘ldik. Otam sobiq turmush o‘rtog‘imdan to‘ydan keyin o‘qishimni davom ettirishim hamda o‘tgan yillar mobaynida erishgan karyeramni davom ettirish va’dasini oldi. Erkaklar qo‘l tashlashdi, non sindirildi, to‘yimiz bo‘ldi.

To‘ydan keyingi 5 yil davomida men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanib uyda o‘tirdim. Biz shahardan 30 kilometr uzoqlikda yashardik, men deyarli uydan ko‘chaga chiqmasdim. Menga o‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmadi. Chunki bu yangi kelinchakka uydagi majburiyatlarini bajarashiga xalaqit berardi. Shu tarzda Westministr'ni tamomlay olmadim. O‘qishimni yuridik universitetning sirtqi bo‘limiga ko‘chirishdi.

Ishlashimni hamda kasbim bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishimni taqiqlashdi. Barcha dugonalarim bilan aloqam uzildi, ular bilan uchrashuvlarga, tug‘ilgan kun va to‘ylarga yuborishmasdi.

Ota-onamnikiga bir haftada bir marta bir necha soatga borardim, yotib qolishga hech qachon ruxsat berishmasdi. Shunday qilib oradan yillar o‘tdi. Ikki farzandli bo‘ldim. Har kuni ertalab soat 6:00 da turardim, yarim kechasi uxlashga yotardim. Boshqalarning manfaatlari bilan yashardim, chunki o‘zimda hech qanday manfaat yo‘q edi. Hayotimdagi asosiy maqsad oila a’zolariga xizmat qilish, ularga yaxshi ko‘rinish edi. Har kecha uxlashdan oldin o‘zimni sahnada his etar, ko‘zlarim yonib tabassum qilayotganimni tasavvur qilardim. Faqat tushimda o‘zimni baxtli va erkin his etardim.

Haqiqiy Lolani sog‘inardim…
Kunlardan bir kun men 40 kunlik o‘g‘limni va ikki yoshli qizimni olib u uydan ketdim va u yerga boshqa hech qachon qaytmadim…

«O‘shanda men qo‘rqqanmidim? Yo‘q. Qilmishimdan afsuslandimmi? Hech qachon! Kimnidir ayblaymanmi? Bu ahmoqlik. Biz bilan bo‘layotgan hamma narsaga biz qachondir ruxsat berganmiz. Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng men bu haqda birinchi marta gapiryapman. Chunki qachondir men bosib o‘tgan hayotda yashayotgan ayollarning og‘rig‘ini tushunaman, sizning umidsizligingizni his etaman, oilangizni yo‘qotishdan, shu bilan birga tubsiz jarlik yoqasida qolishdan qo‘riqishingizni bilaman.

Birga yashayotgan odamlaringizning harakatlarini oqlab, bu sizning taqdiringiz va siz hech narsani o‘zgartira olmasligingizga o‘zingizni ishontirayotganingiz, ota-onangiz yuzini yerga qaratmaslik uchun harakat qilayotganingizni his qilaman.

Siz juda ham istaydigan yagona narsa to‘yib uxlash yoki hech bo‘lmasa biron marta hech kimdan ruxsat so‘ramasdan biror qarorni qabul qilish. Biroq, siz bulardan ko‘prog‘iga loyiqsiz. Bu ajrashishga chaqiriq emas! Men uchun oilaviy qadriyatlar hamisha ustun bo‘lgan. Bu o‘zingizni hurmat qilishga chaqiriq! Siz shaxs ekanligingiz va o‘zingiz orzu qilgan hayotda yashashga to‘laqonli haqli ekanligingizni unutmang! Ha, siz kelin, rafiqa va onasiz, lekin birinchi navbatda siz o‘z haq-huquqlariga ega insonsiz hamda hech kim ularni oyoqosti qilish huquqiga ega emas.

Kimdir o‘zgarishi va hayotingiz yaxshilanishini kutmang. Bu o‘z-o‘zini aldash. O‘zgarishi mumkin bo‘lgan yagona inson — sizsiz.
Men shu tarzda yumshoq fe’l-atvorli, ochiq, sodda va ishonuvchan qizdan kuchli, asosiysi o‘zini sevadigan va hurmat qiladigan ayolga aylandim.

Biz qizlarimizga o‘rnak bo‘lamiz, shuni yodda tuting. O‘ziga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bolalar o‘ziga ishonchi yuqori, o‘ziga qaragan, otasi sevadigan baxtli onani ko‘rishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas! Mening farzandlarim bugun meni shu holda ko‘ryapti.

Oradan yillar o‘tib men turmush o‘rtog‘im siymosida baxtimni, sevgimni, erkimni, hurmat va qo‘llab-quvvatlashni topdim. Buning uchun undan minnatdorman.
Endi siz bu shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, balki mening hayotiy tajribam ekanligini bilasiz.

Men sizlarning har biringiz baxtli bo‘lishingizni juda xohlayman. Yana o‘zingizning hayotingizni sevishingiz, bu yashash uchun kurash emas, ajoyib yo‘l ekanligini yodda tutishingizni istardim. Bu yo‘lni qanday bosib o‘tishni faqat siz hal qilasiz…

Kiritildi: 06:34 11.11.2019. O'qildi: 5949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!