Liviyada payshanba kuni blokpostga hujum oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Euronews xabariga ko‘ra, hujum Zliten va Xums shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan.
Mahalliy huquq-tartibot organlari hujumni ISHID amalga oshirganini taxmin qilmoqda. Qonli voqeadan keyin yo‘l yopib qo‘yilgan.
Mamlakat janubi-g‘arbidagi Sabxa shahri aholisi esa bir necha yil ichida yuzlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan qabilalararo nizo qaytadan boshlanishidan xavotir olmoqda.
Muammar Qaddofiy hokimiyatdan ag‘darilganidan keyingi yetti yil ichida Liviya parokandalikka yuz tutdi. Mamlakatda ikkita hokimiyat mavjud: poytaxt Tripolidagi hukumat BMT va YEIning qo‘llovi bilan tuzilgan. Mamlakat sharqida, Tobruk sharqida esa parlament joylashgan. Bu yerdagi hukumat Tripolidan mustaqil bo‘lib, milliy armiya bilan hamkorlik qiladi.
Manba: azon. uz