Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Livandagi ommaviy portlashlarda halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi

Livandagi ommaviy portlashlarda halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi

Livanning turli mintaqalarida peyjer va rasiyalarning portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 37 kishiga yetdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas al-Ebyadning 19 sentyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytishicha, rasiyalar portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 taga, jarohatlanganlar soni esa 608 nafarga yetgan.

Ebyadning qayd etishicha, yaralangan 61 kishi reanimasiyada va ularning ahvoli og‘ir.

Vazirning eslatishicha, 17 sentyabr, seshanba kuni Livanda “Hizbulloh” a’zolari foydalanayotgan peyjerlarning bir vaqtning o‘zida portlashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujumdan yaralanganlar soni 2323 kishini tashkil etgan, ulardan 1343 nafari o‘rtacha va og‘ir jarohat olgan.

Seshanba kuni yana portlashlar sodir bo‘ldi. Vazirning aytishicha, yaradorlarning 955 nafari operasiya qilingan, ulardan 226 nafari jonlantirish bo‘limida.

Ebyadning qayd etishicha, rasiya portlashlari peyjerlarning portlashidan ko‘ra ko‘proq o‘limga sabab bo‘lgan.

Hizbulloh, o‘z navbatida, Livanning turli hududlarida ICOM rasiyalari portlashi oqibatida uning 26 nafar a’zosi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:35 20.09.2024. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!