Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Livan Ozarbayjon orqali Isroil bilan urush qilishni istamaydi

Livan Ozarbayjon orqali Isroil bilan urush qilishni istamaydi

Livan Tashqi ishlar vaziri Abdulloh Bouhabib isroillik hamkasbi Israel Kasga maxsus maktub yo‘llab, unda Bayrut davlatlar o‘rtasida urush boshlanishini istamasligini tushuntirdi. Livan tomonining bayonoti Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov orqali yetkazildi, keyinchalik u Kas bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

Bayramovning aytishicha, livanliklar Ozarbayjon va Isroil o‘rtasidagi yaxshi munosabatlardan xabardor bo‘lgani uchun xabarni etkazish uchun uni tanlagan. Livan va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘q, shuning uchun ular o‘rtasidagi aloqa ko‘pincha vositachilar orqali amalga oshiriladi.

Kiritildi: 18:28 03.07.2024. O'qildi: 859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!