Shyaulyay tuman sudi Radviliskis palatasi noqonuniy muhojirlar guruhini olib o‘tgan Ukraina fuqarosini jarimaga tortdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda .
Qayd etilishicha, sud hukmni majlis o‘tkazmasdan chiqargan. Sudlanuvchiga jarima solingan, sud uning mashinasini ham musodara qilishga qaror qilgan.
Tergovning fikricha , ukrainalik avtomashinada Rigadan Polshaga noqonuniy muhojirlar guruhini olib borishi kerak bo‘lgan , ular orasida Suriya va Eron fuqarolari , jumladan bir nafar voyaga yetmagan, ikki erkak va uch nafar ayol ham bo‘lgan.