Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Litva Mudofaa vazirligi: "G‘arb Ukrainaga o‘quv missiyalarini yuborish masalasini muhokama qilmoqda"

Litva Mudofaa vazirligi: "G‘arb Ukrainaga o‘quv missiyalarini yuborish masalasini muhokama qilmoqda"

Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning aytishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytgan NATO qo‘shinlarining Ukrainaga yuborilishi harbiy missiyalarda emas, balki mashg‘ulotlarda ishtirok etishni nazarda tutadi.

LRT telekanaliga bergan intervyusida u hozirda tegishli masala faqat muhokama bosqichida ekanligini ta’kidladi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Litva Qurolli kuchlari hozirda Buyuk Britaniya, Germaniya va Litvada Ukraina Qurolli kuchlari askarlarini tayyorlamoqda, Vilnyus esa maxsus mandatga ega.

Kiritildi: 01:40 28.02.2024. O'qildi: 887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!