Litva eksport cheklovlari tufayli 2025 yilda 250 million yevro yo‘qotishi kutilmoqda. Bu prognozni Boltiqbo‘yi respublikasi iqtisodiyot va innovasiyalar vaziri aytdi.
Dekabr oyida parlament saylovlaridan so‘ng iste’foga chiqqan avvalgi Vazirlar Mahkamasi qo‘shaloq maqsadlarda ishlatiladigan tovarlar ro‘yxatini bir necha mingtaga kengaytirib, ularning Rossiyaga kirib ketishidan qo‘rqib, uchinchi davlatlarga eksport qilishni taqiqlagan edi. Taqiq 1 yanvardan kuchga kirdi. Yangi vazirlar mahkamasi ushbu ro‘yxatni yumshatish uchun qayta ko‘rib chiqish niyatida.