Litva ehtimoliy agressiya paytida Belarus va Rossiya bilan chegaradagi ko‘priklarni portlatishga tayyorlanmoqda. Bu haqda LRT xabar berdi.
Litva harbiylarining telekanalga ma’lum qilishicha, bu ishlar Rossiya va Belarus bilan chegaralar bo‘ylab Boltiq dengizi mudofaa chizig‘ini yaratishga tayyorgarlik doirasida olib borilmoqda. Ko‘priklar portlovchi moddalarni mahkamlash uchun mo‘ljallangan muhandislik konstruksiyalari bilan jihozlanmoqda.
Ko‘priklar va yo‘llar tabiiy to‘siqlarning joylashuvi hamda Litva mudofaa tizimi uchun strategik ahamiyatini inobatga olgan holda tanlanmoqda.
Mamlakat Qurolli kuchlari chegaraga yaqin hududlarda tankka qarshi va boshqa turdagi to‘siqlarni saqlash uchun allaqachon bir necha o‘nlab punktlar tashkil etilganini bildirdi. Shuningdek, sug‘orish kanallarini chuqurlashtirish ishlari olib borilmoqda, ular xandaqlar va tankka qarshi qo‘shimcha to‘siqlar vazifasini bajaradi.