Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi

Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi

📝 Farmonga ko‘ra, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili doirasida:

🔸 tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanlovi asosida ixtiyoriy ravishda foydalanadi;

🔸 tanlangan xizmatlar bo‘yicha yagona QR kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

✳️ 2026 yil 1 yanvardan:

▪️ YATTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi;

▪️ tadbirkorlarning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarganda ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YATT guvohnomasiga, lisenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga avtomatik tarzda bepul kiritiladi.

✔️ 2026 yil 1 martdan:

🔹 lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi;

🔹 “Lisenziya” axborot tizimida lisenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olishda quyidagilarni nazarda tutuvchi ixtiyoriy dastlabki baholash xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!