Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan" — Raqobat qo‘mitasi

"Lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berilgan" — Raqobat qo‘mitasi

O‘zbekistonda lift importining sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yilishi atrofidagi xabarlarga Raqobat qo‘mitasi rasmiy munosabat8g7

Qo‘mita lift va lift mahsulotlarini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilganini bildirgan.

“Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan chop etilgan bir guruh tadbirkorlarning mazkur murojaatiga asosan, lift va lift uskunalarini import qilishda vujudga kelayotgan muammolar vakolat doirasida o‘rganib chiqilganda quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

“Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasining xabariga ko‘ra, lift uskunalariga 3-chizma asosida berilgan muvofiqlik sertifikatlari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 oktyabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga kiritilgan qo‘shimcha talablarga asosan bekor qilingan. Shuningdek, “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasining mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi faoliyati davriy baholash natijalariga ko‘ra vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Biroq, liftlarning xavfsizligiga doir qo‘shimcha talablar saqlab qolinganligi, ishlab chiqarish jarayoniga (3-chizma bo‘yicha) berilgan 17 ta muvofiqlik sertifikatlarining amal qilishi to‘xtatilganligi sababli importyor korxonalar tomonidan bugungi kunda respublika hududiga olib kelingan lift va eskalator uskunalar omborlarda qolib ketmoqda”, deyiladi munosabatda.

Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan lift va lift mahsulotlarini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflar kiritilgan:

  • vakolatli organ tomonidan bekor qilingan 17 ta muvofiqlik sertifatini istisno tariqasida tiklash choralarini ko‘rish;
  • mavjud bo‘lgan sinov laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun(lift, lift uskunalari va eskalatorlarni sinovdan o‘tkazish sinov uchun zarur bo‘lgan sinov minoralari va asbob-uskunalarni olib kirish) chet-el grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish;
  • liftlarni sinovdan o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar bozoriga xususiy sektorni keng jalb qilish choralarini ko‘rish;
  • liftlarni sinovdan o‘tkazish va muvofiqlik sertifikatini berish bo‘yicha xizmatlar bozoriga xususiy sektorni keng jalb qilish choralarini ko‘rish;
  • sertifikatlash jarayonida bir shartnoma doirasida olib kelinayotgan marka va modeli bir xil bo‘lgan lift tovarlarini faqatgina bir nusxasini sinovdan o‘tkazish orqali ularga bitta muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish amaliyotini joriy qilish.
Kiritildi: 10:12 05.07.2024. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!