Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

LG boshqaruvi kimga o‘tdi?

A A A
LG boshqaruvi kimga o‘tdi?

LG Group rahbari o‘zgardi. Kompaniyaga rahbarlik qilish Ku Bon-mudan uning o‘g‘li Ku Kvan-moga o‘tdi. 2018 yilning 29 iyun kuni Ku Kvan-mo kompaniyaning direktorlar kengashi a’zosi va ijrochi direktori etib tayinlandi.

Bu oilaviy konglomeratdagi to‘rtinchi yetakchilar avlodi hisoblanadi, unda boshqaruv an’anaga ko‘ra direktorlar kengashi raisining to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘tadi.

Ku Bon-mu 73 yoshida bosh miya o‘simtasi natijasida vafot etdi. Uning o‘g‘li Ku Kvan-mo 1978 yilda tug‘ilgan va 2006 yilda LG Electronics moliyaviy jamoasiga qo‘shildi. Xolding aksiyalarining 6,24 foizi unga tegishli. Otasining aksiyalari (11,28 foiz) Ku Kvan-moga o‘tganidan so‘ng u kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylanadi. Uning ukasi ayni damda kompaniyaning 7,72 foiz aksiyasiga egalik qiladi. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 19:09 01.07.2018. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik