Sloveniyalik aktyor Yuriy Bradach, qo‘shiqchi Ledi Gaganing “Bad Romance” qo‘shig‘ida uning sevgilisi rolini ijro etgan yigit San-Fernando polisiyasi tomonidan hibsga olindi. U ayollar do‘konidan kolgotka va ichki kiyim o‘g‘irlashga uringan.
Artistni umumiy qiymati 29,50 dollar bo‘lgan aksessuarlar bilan birga qo‘lga olishgan. Bradachning so‘zlariga ko‘ra, u magazinga rafiqasiga biror narsa olish uchun mo‘ralagan xolos. Bo‘lib o‘tgan ishlar esa aqlsizlikdan boshqa narsa emas. Aktyorning e’tiroficha, agar ichki kiyimlarni o‘g‘rilamoqchi bo‘lganida ularni qo‘lida ochiq ushlab yurmas edi.
TMZ