Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Lavrov Trassga muhim maslahat berdi

A A A
Lavrov Trassga muhim maslahat berdi

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass avvalo eng yaqin qo‘shnilari bilan kelishib olishi, xususan, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronga nisbatan o‘z pozisiyasini aniqlab olishi kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidladi.

“O‘ylaymanki, Liz Trass uchun Rossiyaga nisbatan ataylab salbiy pozisiyasini shakllantirishdan oldin, eng yaqin qo‘shnilari bilan muomala qilish muhimroq bo‘ladi, shu jumladan, prezident Makron uning uchun do‘stmi yoki dushmanmi? Menimcha, ikki qo‘shni o‘z chegaralaridan uzoqqa ko‘z tikishdan ko‘ra, bu bilan shug‘ullanishi muhimroq bo‘lardi”, - dedi Lavrov seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Trass kecha, 5 sentyabr kuni Britaniya Konservativ partiyasi rahbari etib saylandi, bugun esa u mamlakat bosh vaziri bo‘ldi.

Kiritildi: 20:49 06.09.2022. O'qildi: 6730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik