Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Latviyada O‘zbekistonning yangi elchisi faoliyat boshladi

Latviyada O‘zbekistonning yangi elchisi faoliyat boshladi

O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi etib tayinlangan Timur Rahmonov kecha Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Marosim davomida Latviya Prezidenti Riga va Toshkent o‘rtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik holatini yuqori baholagan. U 2023 yil oxiriga kelib O‘zbekiston Latviyaning eng yirik savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylanganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Timur Rahmonov 13 mart kuni Latviya poytaxtiga O‘zbekistonning yangi elchisi sifatida yetib borgandi. U mamlakatimizning Latviyadagi diplomatik missiyasi rahbari (2019–2024) hamda Litva (2021–2024), Estoniya (2020–2024) va Finlyandiyadagi (2020-2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Riga shahrida) sifatida akkreditasiyadan o‘tgan Qadambay Sultonov o‘rniga tayinlangan.

Kiritildi: 17:56 18.06.2024. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!