Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Latviyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek tabiiy graniti eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Latviyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek tabiiy graniti eksporti bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Shu yilning 21-24 mart kunlari Rigada qurilish sohasidagi eng yirik — "Māja I 2024" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Ukraina, Finlyandiya, Italiya, Avstriya, Daniya va boshqa davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar qatnashdi.

Xalqaro ko‘rgazma ishida O‘zbekistonning "Jommarble" korxonasi tomonidan tabiiy granit toshdan tayyorlangan mahsulotlar namoyish etildi.

Korxona asoschisi Baxtiyor Raxmanovning aytishicha, bugungi kunda o‘zbek tabiiy granitidan ishlab chiqarilgan yuqori sifatli mahsulotlarga Boltiqbo‘yi mamlakatlarida qiziqish juda yuqori. Jumladan, ko‘rgazma davomida ushbu korxona rahbariyati salkam 1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalarini imzoladi.

Shuningdek, elchixona ko‘magida O‘zbekistondan Latviyaga boshqa turdagi qurilish mahsulotlari eksportini kengaytirish bo‘yicha ham aniq kelishuvlarga erishildi.

Kiritildi: 13:06 28.03.2024. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!