Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Lasetti" to‘xtatildi: yo‘lovchi ayol qo‘lga olindi

A A A
"Lasetti" to‘xtatildi: yo‘lovchi ayol qo‘lga olindi

21-aprel kuni soat 00.30 da Bektemir tumanidagi shaharga kirish YPX postida 34 yoshli farg‘onalik Baxtiyor YU.ga tegishli Lasetti rusumli avtomobil to‘xtatildi. Tekshiruv vaqtida 42 yoshli yo‘lovchi Aziza G.ning yonida 15 konvalyuta (150 ta tabletka) Tramadol dori vositasi topildi.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi ( Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:28 26.04.2019. O'qildi: 4360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik