Lamin Yamal 18 yoshga to‘lishi bilan «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Kelishuv 6 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining maoshi har mavsum oshib boradi. Ispaniyalik hujumkor futbolchining tovon puli esa 1 milliard yevro qilib belgilaniladi.
Joriy mavsum 17 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Yamalning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.