Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

La Liga. "Real" bir kishi kam bo‘lib "Valensiya" maydonida remontada namoyish etdi

A A A
La Liga. "Real" bir kishi kam bo‘lib "Valensiya" maydonida remontada namoyish etdi

Ispaniya chempionati 12-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Valensiya" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda madridliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

27-daqiqada Ugo Duro mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada Jud Bellingem Kilian Mbappe ishlagan penaltidan foydalana olmadi.

60-daqiqada Mbappe gol urdi, ammo ofsayd qayd etildi.

79-daqiqada Vinisius Junior VAR qaroridan so‘ng maydondan chetlatildi.

85-daqiqada Modrich muvozanatni tikladi, 95-daqiqada esa Jud Bellingem remontadani ta’minladi.

Valensiya – Real Madrid 1:2 (1:0, 0:2)
4 yanvar, 01:00, «Mestalya»
Gollar: 1:0 – 27 Duro, 1:1 – 85 Modrich, 1:2 – 90+5 Bellingem.
Valensiya – Dimitriyevski, Gasyorovski (Xesus Vaskes, 88), Moskera, Tarrega, Fulkye, Rioxa, Barrenechea, Gerra (Gilyamon, 68), Diyego Lopes (Kanos, 67), Andre Almeyda (Dani Gomes, 88), Duro.
Real Madrid – Kurtua, Mendi (Kamavinga, 68), Ryudiger, Tchuameni, Vaskes, Valverde, Sebalyos (Modrich, 80), Bellingem (Asensio, 90+7), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 68), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Sebalyos (36), Kanos (69), Dimitriyevski (78), Vaskes (78), Modrich (87).
Chetlatish: Vinisius Junior (79).

Kiritildi: 03:21 04.01.2025. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!