Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

KXSHT Yevroosiyo xavfsizligini muhokama qilmoqda

KXSHT Yevroosiyo xavfsizligini muhokama qilmoqda

21 iyun kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan KXSHT mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Yevroosiyoda yangi xavfsizlik arxitekturasini qurish masalasini muhokama qildi. Yig‘ilishda Yevroatlantika tizimi o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata olmagani, bu esa yangi arxitekturalar vaqti kelganini bildirishi haqida fikr bildirildi, deb yozadi «Kommersant».

Nashrning bu KXSHT a’zolarining umumiy pozisiyasimi, degan savoliga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Olmaotadagi yig‘ilishning barcha ishtirokchilari Yevroosiyoda mavjud voqelikni hisobga olgan holda jiddiy muloqot o‘tkazish tarafdori, deb javob berdi.

«Kommersant»ning eslatishicha, Armaniston yig‘ilish ishtirokchilariga kiritilmagan, shuning uchun Yerevanning Yevroatlantika va Yevroosiyo xavfsizlik arxitekturalari haqida o‘z fikri bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 01:23 23.06.2024. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!