Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

KXDR yangi qurolni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

KXDR yangi qurolni sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi

KXDR yetakchisi Kim Chen In “yangi yuqori texnologiyalar taktik quroli” sinovida ishtirok etdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning davlatga tegishli STAK axborot agentligi ma’lum qildi. Aytilishicha, sinov muvaffaqiyatli o‘tgan.

Xabarda qanday qurol sinovdan o‘tkazilgani achiqlanmagan. KXDR televideniyesi bu qurol Shimoliy Koreyaning avvalgi yetakchisi Kim Chen Ir davrida yaratilgani va armiyaning “jangovor qudratini yanada oshirishga” xizmat qilishini ma’lum qildi.

So‘nggi bor Shimoliy Koreya OAV Kim Chen Inning qurol sinovida o‘tgan yilning noyabr oyida ishtirok etgani haqida xabar tarqatgan edi. O‘shanda KXDR "Xvason-15" qit’alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgan edi.

12 iyun kuni Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp 
va KXDR yetakchisi Kim Chen In uchrashgan edi. Muzokaralar yakunida tomonlar qo‘shma hujjat imzoladi, uning doirasida Vashington xavfsizlikni ta’minlashi va iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishi evaziga Pxenyan Koreya yarim orolini yadro qurollaridan xoli qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Shimoliy Koreya shuningdek, AQShga Xvanson-15ni sinovdan o‘tkazgan poligonni yo‘q qilishga va’da berdi. Biroq bir oydan so‘ng OAVda KXDR yangi qit’alararo ballistik raketa yaratish niyatidan voz kechmagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Yaqinda Amerika tahlilchilari KXDRda 20ga yaqin raketa mavjudligi borasida bayonot berishdi, bu raketalarni Pxenyan KXDR yadroviy qurolsizlanishini nazorat qiluvchi xalqaro kuzatuvchilardan berkitishga uringan. Ekspertlar ulardan 13tasini qayerda ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Kiritildi: 18:09 17.11.2018. O'qildi: 1148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!