Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari uchun Qur’on kurslari ochiladi

Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari uchun Qur’on kurslari ochiladi

Yaqin kunlarda Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari uchun Qur’on kurslari ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi Munira Abubakirova Toshkent shahar Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari bilan diniy-ma’rifiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov, Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Xusniddin Abdukarimov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim mutaxassisi Munira Abubakirova, Toshkent shahar bosh otinoyisi Dilbar Atabayeva va otinoyilar ishtirok etishdi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari SH.Turdiqulov yurtimizda bugungi kunda olib borilayotgan jadal islohotlar, o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi. Shundan so‘ng Ko‘zi ojizlar jamiyatining bir nechta a’zolari ishsizlik, uy-joy masalalari borasida savollar bilan murojaat qilishdi. Savollarga Shuhrat Turdiqulov javob berib, ijobiy hal qilinishi haqida so‘zladilar. Ba’zi jamiyat a’zolarining kommunal to‘lovlardan qiynalayotganliklari haqida yozma murojaat qilishdi. bu masala Chilonzor tumani bosh imom-xatibi H.Abdukarimov tomonidan hal qilindi. Jamiyatning yoshi katta ayol va erkaklaridan tashqari, yoshlarda ham ilm olish va Qur’onga bo‘lgan muhabbatlari haqida so‘zlab berishdi. O‘MI mutaxassisi Munira Abubakirova yaqin kunlarda Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari uchun Qur’on kurslari ochilishi haqida ma’lumot berdi. Ishtirokchilar o‘tkazilayotgan tadbirdan xursandliklarini, bunday uchrashuvlar tez-tez bo‘lishini taklif qildilar.

Manba: azon.uz

 

Kiritildi: 11:14 16.06.2018. O'qildi: 2248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!