Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Kuzda qanday qilib sog‘lom ovqatlanish mumkin?

A A A
Kuzda qanday qilib sog‘lom ovqatlanish mumkin?

Haroratning o‘zgarishi va quyosh nuri yetishmasligi davrida muvozanatli ovqatlanish va iste’mol qilinadigan oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, shuningdek vitaminlar va minerallar miqdorini kuzatib borish muhim, chunki kuz mavsumiy kasalliklar vaqtidir.

“Ko‘plab mikroelementlarni o‘z ichiga olgan mavsumiy mahsulotlarga e’tibor qaratish lozim. Pomidor va bodringni C, A vitamini, foliy kislotasi va kaliyga boy qovoq bilan almashtirish mumkin. Yoki B vitamini, askorbin kislotasi, A va E vitaminlari, temir, magniy va sinkni o‘z ichiga olgan qovoqcha (kabachka) past kaloriyaliligi bilan afzal sanaladi”, — deydi diyetolog Yevgeniya Belyuga.

Uning ta’kidlashicha, siz taomnomangizni mavsumiy taomlar bilan uyg‘unlashtirishingiz mumkin, masalan, pyure sho‘rvalar kuz uchun juda yaxshi taom sanaladi. Sabzavotli sho‘rva ko‘plab foydali vitaminlarni o‘z ichiga oladi, kam yog‘li tovuq sho‘rvasi ham vazn yo‘qotadiganlar uchun mos keladi.

“Agar ichimliklar haqida gapiradigan bo‘lsak, choy qahvaga foydali muqobil bo‘lishi mumkin. Choy sovuq havoda immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan vitaminlar, polifenollar, antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Limon, atirgul qo‘shib tayyorlangan choy tarkibidagi S vitamini immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi”, — deya tavsiya qildi mutaxassis.

“Ammo shakar iste’molini kamaytirish yaxshiroqdir.

Shakar yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lib, uni ortiqcha iste’mol qilish vazn ortishiga olib keladi, bu esa yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin: metabolizm sekinlashishi, hujayralarning insulinga sezuvchanligining pasayishi va pirovardida 2-toifa diabet. Shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish orqali biz immun tizimimiz faoliyatini buzishimiz mumkin va bu holatda mavsumiy kasalliklar paytida viruslarga qarshi turish qiyinroq bo‘ladi”, — deya xulosa qildi ekspert.

Kiritildi: 21:05 25.09.2023. O'qildi: 1897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!