Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kuz yoki qishda Fransiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkin

Kuz yoki qishda Fransiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkin

Fransiyadagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy qo‘mitaning taxmin qilishicha, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuz yoki qish faslida yuzaga kelishining ehtimoli yuqori. Fransiyada o‘tgan ikki hafta davomida koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar sezilarli darajada ko‘paygan.

“Hozirda Fransiyadagi epidimiologik vaziyat nazorat ostida. Lekin, shu yozda kasallanish hollari ko‘payish ehtimoli mavjud. Ushbu pandemiyaning yaqin kelakakda qanchalik tarqalishi asosan, odamlarning o‘zlariga bog‘liq. Biz kuz yoki qishda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini boshimizdan o‘tkazishimiz mumkin”, deb yozgan koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ilmiy qo‘mita Sog‘liqni saqlash vazirligining veb-sahifasida.

Fransiya Yevropadagi koronavirus keng tarqalgan mamlakatlardan biri bo‘lib, hozirgacha bu yerda 192 334 kishi COVID-19 ga chalingan.

Bemorlarning 82 166 nafari tuzalgan va 30 296 nafari vafot etgan. Ayni paytda 79 872 kishi davolanmoqda.

Kiritildi: 17:59 05.08.2020. O'qildi: 2168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!