Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ko‘rish o‘tkirligini tekshirish jadvalini kim ixtiro qilgan?

Ko‘rish o‘tkirligini tekshirish jadvalini kim ixtiro qilgan?

Ko‘rish o‘tkirligi maxsus jadvallar asosida aniqlanadi. Ular turli kattalikdagi belgilardan iborat — bu harflar, yonlari uzilgan halqalar (Landolt halqasi) yoki rasmlar (bolalar uchun) bo‘lishi mumkin. Ilk bor bunday jadvalni 1862 yili gollandiyalik oftalmolog G.Snellen o‘ylab topgan. U hozirgacha xorijda ishlatiladi.
Bugungi kunda oftalmologlar xonasida osig‘liq turadigan jadval esa 1923 yilda yaratilgan. U mashhur rus vrach-oftalmologi Sergey Selivanovich Golovin shogirdi doktor Dmitriy Aleksandrovich Sivsev tomonidan ishlab chiqilgan. Jadvalda rus alifbosining atigi 7 ta harfi ishlatiladi: SH, B, M, N, K, I, I. Bu harflar tasodifan tanlanmagan. Ularni eslab qolish qiyin. Harflarning joylashuvi yodlanmaydi, ularni ko‘rish kerak.
Ko‘rish qobiliyatini tekshirish asosan mutaxassis kuzatuvida amalga oshiriladi. Jadval ko‘zdan 5 metr masofada joylashgan bo‘lishi shart. Belgilarni aniqlashga 2-3 soniya ajratiladi.

Kiritildi: 14:44 18.10.2021. O'qildi: 4303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!