Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ko‘ngli bo‘shlar ko‘rmasin! Samarqanddagi bog‘chada e’tiborsizlik sabab bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi (foto)

Ko‘ngli bo‘shlar ko‘rmasin! Samarqanddagi bog‘chada e’tiborsizlik sabab bir bolaning barmog‘i uzilib tushdi (foto)

Joriy yilning 29 mart kuni Samarqand shahridagi 11-son bolalar bog‘chasida tarbiyachining e’tiborsizligi sabab 2013 yilda tug‘ilgan Sanjar Hasanovning o‘ng qo‘lining jimjilog‘i uzilib tushgan. Bu haqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Sanjar Hasanovning holati yuzasidan uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan postlarda yozilishicha, bog‘chada bolaning barmog‘i uzilib tushgan holatni prokuratura baxtsiz hodisa deb baholagan.

«Daryo»ga murojaat qilgan Sanjar Hasanovning buvisi Aziza Ma’murovaning ma’lum qilishicha, nabirasining barmog‘i uzilib tushganidan so‘ng tarbiyachi uni qo‘rqitib uxlatib qo‘ygan. Shu tariqa salkam 5 soat davomida bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Mazkur holat yuzasidan «Daryo» muxbiri surishtiruv olib bormoqda.

Kiritildi: 16:48 11.07.2019. O'qildi: 6126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!