Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi vaksinasiya qilish vaqtincha to‘xtatildi. Sababi...

Ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi vaksinasiya qilish vaqtincha to‘xtatildi. Sababi...

Vaksina sinovlarini o‘tkazishda yordam berayotgan Crocus Medical kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik V»ga bo‘lgan talab «yuqori» va vaksina ishlab chiqarish sur’ati bu talabni qondirishga yetmayapti. 

Rossiyada ko‘ngillilarni koronavirus infeksiyasiga qarshi mo‘ljallangan «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash vaqtincha to‘xtatildi, deb xabar bermoqda Reuters. Agentlikning ma’lumot berishicha, bunga preparat yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Vaksina sinovlarini o‘tkazishda yordam berayotgan Crocus Medical kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «Sputnik V»ga bo‘lgan talab «yuqori» va vaksina ishlab chiqarish sur’ati bu talabni qondirishga yetmayapti. Agentlikning bildirishicha, yangi ko‘ngillilarni emlash 10 noyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

Vaksina sinovlari o‘tkazilayotgan Moskvadagi sakkizta klinika xodimlari yangi ko‘ngillilarni emlash to‘xtatilganini tasdiqlagan. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash yil oxirigacha boshlanishiga umid bildirgandi.

Rossiyada hozirda COVID-19’ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. «Sputnik V» vaksinasi avgustda, «EpiVakKorona» deb nomlangan ikkinchi vaksina oktyabrda ro‘yxatga olingan.

Kiritildi: 16:29 30.10.2020. O'qildi: 2658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!