Xitoy sharqidagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan avariya natijasida besh kishi qurbon bo‘ldi, deyiladi Yundin uyezdi ma’muriyati axborotida.
Avariya juma kuni Yundin uyezdidagi shaxtada yuz bergan. Mahalliy vaqt bilan 13.00 da 9 nafar konchi shaxtadan qaytib chiqmagani ma’lum bo‘lgan zahoti tezkor qutqaruv amaliyoti boshlangan.
Hozirda halok bo‘lgan 5 kishining jasadi shaxtadan chiqarib olingan. 3 nafar ishchi qutqarilgan. Ular sog‘-salomat. Qutqaruv-qiduruv ishlari davom etmoqda.
Manba: O‘zA