* * *
Qassobning eng sadoqatli mijozlaridan biri undan so‘radi:
— Qassob aka, nevarali bo‘libsiz, tabriklayman!
— Rahmat!
— Bola necha kilo tug‘ildi?
— Suyagi bilan hisoblaganda, 4, 5 kilo.
* * *
Er xotiniga dedi:
— Men kostyumimni dazmollab qo‘y degandim. Nega dazmollamading?
— Dazmollaganman.
— Aldama, cho‘ntagimda yuz dollar boridi, haliyam turibdi.
* * *
Sudya:
— Sudlanuvchi, birinchi xotiningiz nimadan o‘lgan?
— Qo‘ziqorindan.
— Ikkinchi xotiningiz-chi?
— Uyam qo‘ziqorindan o‘lgan.
— Uchinchisi-chi?
— Miya chayqalishiga uchragan.
— Sabab?
— Qo‘ziqorin yeyishni xohlamagandi.
* * *
Bolakay otasidan so‘radi:
— Nega xo‘rozlar juda erta qichqirishadi?
— Chunki tovuqlar uyg‘ongach, ularning ovozini eshitib bo‘lmay qoladi.
* * *
— Dadasi, nega bugun kechasi meni hadeb «Nadyaxon» deb chaqiraverdingiz? Kim u Nadyaxon?
— Ishonasanmi, shu kechasi tushimda men Leninga aylanib qolganmishman!
* * *
Qizaloq maktabdan keldi. Onasi so‘radi:
— Xo‘sh, bugun maktabda nimani o‘rgandinglar?
— Biz bugun «Qizil Shapkacha»ertagini o‘qidik.
— Bu ertak nimani o‘rgatarkan?
— Buvilarimizning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lganini o‘rgatarkan.
* * *
Muzeyda.
— Hoy, og‘ayni, bu yerga nega o‘tirib oldingiz? Axir, bu haykal Aleksandr I niki-ku!
— Namuncha baqirasan? O‘sha Aleksandring kelsa, bo‘shatib beraman haykalini.
* * *
Choli olamdan o‘tgach, bir oydan so‘ng kampirning uyiga radio o‘rnatib berishdi. Erta tongda radiodan yoqimli tovush eshitildi:
— Xayrli tong!
Kampir (atrofga alanglab):
— Voy, kim u?.. Xayrli tong!.. Hali tong yorishmasdan kelibsiz? Tinchlikmi? Qayerdasiz o‘zi?
* * *
Leytenant askardan so‘radi:
— Tasavvur qil, urush ketyapti. Bizning temir yo‘llarimiz dushman qo‘liga o‘tib qolmasligi uchun qanday yo‘l tutgan bo‘larding?
— Chiptalarning hammasini yoqib yuborardim.
* * *
Er Afrika safaridan qo‘lida yangi tug‘ilgan qora tanli chaqaloq bilan qaytdi. Xotini uni ko‘rib, baqirdi:
— Bu nimasi?! Shundog‘am uch bolani boqolmay, qiynalyapmiz! Buni qanday boqamiz?
— Xavotir olma, amallaymiz! Bu bola katta bo‘lsa, farzandlarimizni inglizcha gapirishga o‘rgatadi.