Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ko‘lda halokat. Ko‘plab qurbonlar bor

A A A
Ko‘lda halokat. Ko‘plab qurbonlar bor

AQShning Missuri shtatida qayiq halokatga uchrashi natijasida 17 kishi qurbon bo‘ldi. 7 nafar javbrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda ekani ta’kidlanyapti. Bu haqda “Euronews” xabar bermoqda.
 
Voqea 19 iyul kuni sodir bo‘lgan. Amfibiya qayiq bortida 31 kishi bilan Teybl-Rok ko‘lida ag‘darilib ketgan. Hozirda qidiruv operasiyasi yakunlangan, bedarak yo‘qolganlar qolmagan.
 
Stoun okrugi sherifi fojiada bir yoshdan yetmush yoshgacha odamlar halok bo‘lganini ta’kidlagan.
 
Mahalliy hukumat qayiq halokatiga ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan deb hisoblayapti. Qayiq to‘lqinda chayqalgandan so‘ng ag‘darilgan va cho‘kgan. Guvohlarning aytishicha, dengiz to‘lqini kutilmagan vaqtda boshlangan. Meteorologlar shamol tezligi ba’zi joylarda soatiga 119 kilometrga yetganini tasdiqladi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 17:36 21.07.2018. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik