Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ko‘chmas mulk xatlanishi oqibatida, qarzdorlik bartaraf etildi

Ko‘chmas mulk xatlanishi oqibatida, qarzdorlik bartaraf etildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining hujjatiga asosan qarzdor “Ch.G.S.B.” MCHJdan undiruvchi bank foydasiga 391 mln. 682 ming so‘m qarzdorlikni undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan noturar binoga qaratish belgilangan.

Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Garov mulki sifatida qayd etilgan noturar bino, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilib, sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 391 mln. 682 ming so‘m miqdoridagi qarz to‘liq undirilib, mablag‘ undiruvchi foydasiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunda ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga asosan tamomlangan.

Kiritildi: Bugun 09:01. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!