Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro ko‘chalarini suv bosdi (video)

Kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro ko‘chalarini suv bosdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida ko‘plab ko‘chalarda suv to‘planib qolgani aks etgan suratlar tarqaldi.

Hududda 8 aprel kuni boshlangan yomg‘ir bugun, 9 aprel kuni ham davom etmoqda.

Videoda ko‘rinib turibdiki, ayrim yo‘llar, aholi yashovchi uylar oldi butunlay suvga to‘lib, avtomobillar harakati to‘xtab qolgan.

Bunday holat Buxoroda o‘tgan yili ham kuzatilgan, ayrim tarixiy obidalar suvga bo‘kkani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgandi.

O‘zbekistonda aprel oyida ko‘p yomg‘ir yog‘moqda va buning oqibatida shu vaqtga qadar Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari hududlarida suv toshqinlari va sellar kuzatilmoqda.

Kiritildi: 16:47 09.04.2019. O'qildi: 2952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!