Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Kubada neft omborida yuz bergan yong‘inni o‘chirish ishlari hamon davom etmoqda

Kubada neft omborida yuz bergan yong‘inni o‘chirish ishlari hamon davom etmoqda

Shanba kuni Kubaning Matansas provinsiyasidagi portda joylashgan neft omborida kuchli yong‘in ro‘y berdi.

Yong‘inni o‘chirish uchun katta kuch jalb qilinmoqda. Xabarda keltirilishicha, yakshanba kuni Meksika harbiy havo kuchlariga qarashli birinchi samolyot yong‘inni o‘chirish uchun orolga ketib kelgan.

Cubadebate portalining yozishicha, samolyotda 60 nafar harbiy xizmatchi va 16 nafar Pemex neftgaz kompaniyasi ishchilari bor. Bundan tashqari, Meksikadan yana uchta vertolyot hamda Venesueladan bir samolyot yetib keladi.

Yong‘inga 25 ming kubmetr neft saqlanayotgan rezervuarga yashin kelib urilishi sabab bo‘lgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning har qancha harakatiga qaramay, alanga qo‘shni rezervuarlarga ham o‘tgan va bir nechta portlashlar qayd etilgan. Yong‘in o‘chirish ishlari bir sutkadan buyon davom etmoqda.

Mahalliy hukumatning xabar berishicha, yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 17 kishi bedarak ketgan. Halokatdan jabr ko‘rganlar soni 120 kishi bo‘lib, ularning 36 nafari kasalxonada davolanmoqda. Besh kishining ahvoli juda og‘ir, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:01 07.08.2022. O'qildi: 1626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!