Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu YECHLda ishtirok etadigan jamoaga o‘tishi mumkin

Krishtianu Ronaldu YECHLda ishtirok etadigan jamoaga o‘tishi mumkin

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumni Yevropada boshlashi mumkin.

Germaniyaning Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Bundesligani mag‘lubiyatsiz yakunlab, o‘z tarixida ilk bor chempionlikka sazovor bo‘lgan “Bayer” 39 yoshli yulduzga o‘z tarkibidan joy berishga tayyor.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu transfer tashabbuskori “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso ekan. U o‘z jamoasini Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirokini bu turnirda eng ko‘p gol urgan Ronaldu yordamida ta’minlamoqchi.

Xabi Alonso Krishtianuning imkoniyatlarini yaxshi biladi va u bilan do‘stona munosabatga ega. Alonso Ronaldu bilan 2009-2015 yillar davomida “Real”da birga o‘ynagan.

Kiritildi: 23:57 23.05.2024. O'qildi: 5086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!