Salvador bitkoynni qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi va kriptovalyuta sotib olishni boshladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele ma’lum qildi.
«Salvador hozirgina o‘zining ilk 200 bitkoynini sotib oldi. Qisqa vaqt ichida brokerlarimiz yanada ko‘proq sotib oladi», — deb yozdi Bukele Twitter sahifasida.
Ekspertlarning fikricha, kriptovalyutadan foydalanish salvadorliklarga mehnat migrantlarining xorijdan pul o‘tkazishdagi komission xarajatlarida 400 mln dollargacha tejashlariga imkon beradi, deb yozadi Reuters.
Ammo tanqidchilar bitkoynga o‘tish pul yuvishga yo‘l ochishidan ogohlantirmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bir bitkoyn narxi 50-52 ming dollar atrofida.