Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Kreygdan tortib Geytsgacha: Nega badavlat insonlar o‘z farzandini merossiz qoldirmoqda?

Kreygdan tortib Geytsgacha: Nega badavlat insonlar o‘z farzandini merossiz qoldirmoqda?

Aktyor Deniel Kreyg o‘z boyligini farzandlariga meros qilib qoldirmasligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi. «Style.rbk» farzandlarining o‘zi mustaqil biror natijaga erishishi uchun millionlab pullarini xayriya yo‘lida sarflagan mashhurlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Deniel Kreyg, aktyor (boyligi — 128 million funt)

2019 yilda Elton Jon Forbes versiyasi bo‘yicha eng ko‘p maosh oladigan yulduzlar orasida 19-o‘rinni egallagan edi: nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, u bir yil ichida 83 million dollardan ortiq pul ishlagan. Mablag‘larning bir qismi ikki o‘g‘liga ishlatilgan, biroq Jon boyligini ularga meros qilib qoldirish niyatida emas. Elton Jonni bu kabi fikrga kelishiga dunyoning eng badavlat insonlaridan birining harakati undagan: «Boyligi bo‘yicha Amerikada uchinchi o‘rinda turadigan Uorren Baffet ajoyib sxemani taklif etdi: u farzandlariga uy, mashina va asosiy ehtiyojlari uchun yetadigan mablag‘ni qoldiradi. Ammo bu Pikkasoning kartinalarini sotib oladigan darajada katta pul emas».

Uorren Baffett, investor (boyligi — 82,5 milliard dollar)

Elton Jon tomonidan yodga olingan Uorren Baffett boyligining 99 foizini xayriya tashkilotlariga vasiyat qilgan. U 2010 yili Microsoft asoschisi Bill Geyts bilan birgalikda dunyoning eng badavlat insonlarini xayriyaga yo‘naltirishga chorlovchi The Civing Pledge kampaniyasini ishga tushirgan.

Baffettning uch nafar farzandi bo‘lib, ularning eng kichigi — Piter Baffett hozirda 62 yoshda.

Bill Geyts, Microsoft asoschisi (boyligi — 96,5 milliard dollar)

Bill Geyts turmush o‘rtog‘i Melinda bilan birgalikda dunyodagi eng katta xayriya fondlaridan biri — Bill & Melinda Gates Foundation’ga egalik qiladi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy tengsizlik masalalari bilan shug‘ullanadi, milliarderning o‘zi esa fond hisobiga qariyb 36 milliard dollar o‘tkazib bergan. Shu bilan birga, juftlik o‘z boyligining katta qismini xayriyaga vasiyat qilgan bo‘lib, uch nafar farzandini ham unutmagan — Jennifer Ketrin Geyts (23 yosh), Rori Jon Geyts (20 yosh) va Fibi Adel Geyts (17 yosh) — 10 million dollardan merosga ega bo‘ladi.

Loren Pauell Jobs, filantrop (boyligi — 18,6 milliard dollar)

Mart oyida Stiv Jobsning bevasi Loren Pauell Jobs turmush o‘rtog‘idan qolgan barcha merosni xayriyaga yo‘naltirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. The New York Times’ga bergan intervyusida u iqtisodiy tengsizlik rivojlanib borayotgan dunyoda shaxsiy kapitalni ko‘paytirishni to‘g‘ri deya hisoblamasligini aytgan. Loren o‘ziga meros bo‘lib qolgan mablag‘larni aynan ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashish va ta’lim loyihalariga sarflashni rejalashtirmoqda: bu masalalar bilan o‘zi tomonidan asos solingan Emerson Collective tashkiloti shug‘ullanadi.

Stiv Jobsning to‘rt nafar farzandi bor bo‘lib, ularning uch nafari — Rid (28 yosh), Erin (24 yosh) va Yeva (22 yosh) Loren Pauell bilan nikohidan tug‘ilgan.

Mixail Fridman, LetterOne Holdings va «Alfa-Grupp» egasi (boyligi — 15 milliard dollar)

2016 yilda «Alfa-Grupp» egasi Mixail Fridman boyligining aksariyat qismini xayriyaga yo‘naltirishini ma’lum qilgan. «Yosh bola yoki o‘smirga katta miqdorda pul berish — uning hayotini sindirishga olib keladi deb o‘ylayman», — deya aniqlik kiritgan biznesmen. Fridmanning to‘rt nafar farzandi bor bo‘lib, o‘g‘li Aleksandr o‘z biznesini boshlab yuborgan. 19 yoshli yigit tovarlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi SF Development kompaniyasiga asos solgan.

Kiritildi: 04:00 30.03.2020. O'qildi: 2829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!