Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Kreditni o‘zlashtirish qimmatga tushdi

Kreditni o‘zlashtirish qimmatga tushdi


Kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan A.T.dan bankka yetkazilgan 374 mln. so‘m moddiy zarar Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan to‘liq undirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudining 2026 yil 12 martdagi hukmiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan A.T. kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanib, ularni o‘zlashtirish orqali “Mikrokreditbank” ATB Andijon hududiy boshqarmasi manfaatlariga moddiy zarar yetkazgan.

Sud tomonidan uning harakatlariga huquqiy baho berilib, jinoyat uchun tegishli jazo tayinlangan hamda bankka yetkazilgan 374 mln. so‘m moddiy zararni qoplash majburiyati yuklangan.

Biroq, moddiy zarar ixtiyoriy tartibda qoplanmaganligi sababli ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Bo‘ston tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdorning mol-mulki va daromadlariga qaratilgan undiruv choralari orqali bank foydasiga moddiy zarar to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Kreditni o‘zlashtirish oson tuyulishi mumkin, ammo bunday harakatlar muqarrar ravishda javobgarlikka sabab bo‘lishini va yetkazilgan moddiy zarar esa qonun doirasida baribir qoplanishini unutmaslik lozim.

Kiritildi: Bugun 20:45. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!