Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan jamiyat rahbarining yana bir firibgarligi fosh bo‘ldi

Kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan jamiyat rahbarining yana bir firibgarligi fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Q.” xususiy korxonasi rahbari O.J. va boshqalar korxonaga bank muassasasidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 185 mln so‘m kredit mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflab, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek O.J. fuqaro N.ga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygach katta daromad olishga va’da berib, evaziga uning 162 mln so‘m naqd pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:45 17.04.2021. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!